2 sotix maydondan yiliga 60-70 mln. so‘m daromad topish mumkin

04/03/2024 - 09:53 76

Quvasoyda hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi.

Xususan, Bog‘bon MFYda 2 sotix yerda issiqxona tashkil etib, qulupnay yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan Sardorbek Ahmadjonovning ishlari ko‘zdan kechirildi.

Yosh tomorqachi Janubiy Koreya davlatida mehnat faoliyatini olib borgan davrida to‘plagan tajribasidan kelib chiqib ish boshlaganini ma’lum qildi.

“Astoydil mehnat qilinsa, yiliga 60-70 mln. so‘m daromad olish mumkin”, - deydi Sardorbek.