Axborot xizmati

18/02/2022 - 15:52 286

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish mumkin boʻlgan axborotlar roʻyxati

1. Agentlikning huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar:

2. Agentlik faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

3. Agentlik organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy, normativ va boshqa hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

4. Agentlik tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

5. Agentlik tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

6. Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

7. Agentlikning  davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

8. Amalga oshirilishida Agentlik ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

9. Agentlik faoliyati sohasiga taalluqli boʻlgan tarmoqning (hududning) holatini va uning rivojlanish surʼatini tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlar haqidagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

10. Agentlik organlari tomonidan oʻtkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

11. Boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari va boʻsh ish oʻrinlarini egallash uchun nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

12. Agentlik rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma tarzidagi axborot (fuqarolarni qabul qilish kunlari va hokazo);

13. Agentlikning ish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning telefon raqamlari hamda pochta manzillari, elektron pochta manzillari, maʼlumot xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari, jamoat transportining qatnov yoʻllari, toʻxtash joylarining nomlari va yoʻnalish raqamlari;

14. Kelib tushgan ariza, taklif va shikoyatlarni, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir soʻrovlarni koʻrib chiqishning umumiy natijalari haqidagi axborot.

Bojxona organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlar roʻyxati

1. Agentlikning huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;

2. Agentlik tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

3. Agentlik tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

4. Agentlik tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

5. Agentlik organlari tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

6. Agentlik organlari tomonidan oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

7. Agentlik organlarining davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

8. Agentlik organlari tomonidan oʻtkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

9. Boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari va boʻsh ish oʻrinlarini egallash uchun nomzodlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

Agentlik faoliyati toʻgʻrisidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining faoliyati toʻgʻrisidagi cheklangan axborotlar roʻyxati

1. Agentlik xodimlari shaxsiy maʼlumotlari;

2. Agentlik shtatlar taqsimoti va uning jamlanganligiga doir maʼlumotlar;

3. Agentlik xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari boʻyicha maʼlumotlar;

4. Agentlik ajratilgan byudjet mablagʻlari miqdori, tarkibi hamda sarflanishi yoʻnalishlariga doir maʼlumotlar;

5. Agentlik xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishi va xizmat intizomiga rioya etishiga doir maʼlumotlar;

6. Davlat bojxona xizmati organlari tezkor-qidiruv faoliyatiga doir maʼlumotlar;

7. Agentlik ishonch telefoni orqali xabar bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

Ushbu roʻyxatga kiritilmagan maʼlumotlardan foydalanishning cheklanishi Agentlik va hududiy boshqarmalar rahbariyati ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Agentlik faoliyati to'g'risida axborot taqdim etish uchun mas'ul xodim

Axborot xizmati bo'limi bosh mutaxassisi Dilmurodova Adiba +998 71 238 6900 (1-2801)