Agentlik haqida umumiy ma'lumot
20/01/2022 - 18:28 767
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida" 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-son Farmoniga asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati negizida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-son qaroriga asosan esa Agentlik vazifa va funksiyalari hamda tarkibiy tuzilmasi tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
1 |
Kuchkarov Jamshid Anvarovich |
— Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, hay’at raisi |
2 | Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li | — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari |
3 | Norqulov Ilxom Ibroximovich | — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari |
4 | Boboyev Adiz Muzafarovich | — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari |
5 | Lavozimi bo‘yicha | — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari |
6 | Abdinazarov Bobur Kalandarovich | — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari |
7 |
Lavozimi bo‘yicha |
— Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari |
8 | Lavozimi bo‘yicha |
— Makroiqtisodiy siyosat, tahlil va prognozlashtirish departamenti direktori |
9 | Raximov Voxid Sanaqulovich | — Hududlarni kompleks rivojlantirish departamenti direktori |
10 | Lavozimi bo‘yicha | — Sanoat siyosatini yuritish departamenti direktori |
11 | Fazilov Azamat Shuxratovich | — Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish departamenti direktori |