Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligida mavjud bo'lgan bo'sh ish o'rinlari

20/01/2022 - 17:15 647

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligida ishlashni istaysizmi?

Unda bu taklif aynan siz uchun!

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qiladi.

Vakant lavozimlar ro'yxati:

Xorijiy hamkorlik va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i;

Tadbirkorlik muammolarini hal etishni idoralararo muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari - tadbirkorlik muammolarini hal etishda idoralararo hamkorlik qilish sho'basi mudiri;

Mahallabay ishlash tizimini tashkil qilish va hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boshqarmasi hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sho'basi mudiri;

Mahallalar drayverlarini aniqlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini monitoring qilish boshqarmasi mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini monitoring qilish sho'basi mudiri;

Ijro intizomi va Davlat dasturlarini monitoring qilish bo'limi boshlig'i;

 axborot xizmati rahbari;

komplaens nazorat bosh mutaxassisi.

Buning uchun vacancy.argos.uz portalidan ro'yxatdan o'tishingiz lozim.

Batafsil