Oʻzbekistonning kambagʻallikka qarshi kurashdagi faol harakatlari alohida e'tirof etildi

23/02/2024 - 17:59 77

“Oʻzbekistonning kambagʻallikka qarshi kurashdagi yutuqlari: tahlil va xulosalar” mavzusidagi xalqaro davra suhbatida ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash, resurslardan teng foydalanish uchun iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarni taʼminlash, kambagʻallikni bartaraf etish dasturlariga resurslarni safarbar etish boʻyicha islohotlar muhokama qilindi.

2 million 300 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalar, xotin-qizlar, yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar ijtimoiy himoya tizimi tomonidan toʻliq qamrab olingani qayd etildi.

Ekspertlar Oʻzbekistonda kambagʻallikka qarshi kurashga qaratilgan islohotlar haqida gapirar ekan, ijtimoiy dasturlar yaratish, kambagʻallarni qoʻllab-quvvatlash maqsadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, qabul qilinayotgan turli dasturlar samaradorligini tushunish uchun qoʻllanilayotgan vositalarga eʼtibor qaratdilar.

Xorijlik ekspert va hamkorlarga “mahallabay” iishlash tizimi asosida joylarda olib borilayotgan ishlar tanishtirildi.