Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi

12/02/2024 - 16:02 99

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
 
 
Unda issiqxonalarda mahsulot yetishtirishni qoʻllab-quvvalash boʻyicha qoʻshimcha choralar belgilab olindi.
 
Issiqxona xoʻjaliklarini kreditlash mexanizmini qayta koʻrib chiqish topshirildi.
 
 
Prezident yoqilgʻisiz isitiladigan, ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qoʻllab-quvvatlab, tayyor holda topshirish sharti bilan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurish vazifasini qoʻydi.
 
Ushbu maqsadlarga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 100 million soʻmgacha garovsiz kredit beriladi.
 
Joriy yilda baliq yetishtirish hajmini 1 million tonnaga yetkazish va qoʻshimcha 50 ming aholini band qilish tarmoq masʼullarining asosiy vazifasi boʻlishi qayd etildi.
 
Daryo boʻylarida kamida 500 ta havza tashkil qilib, kooperatsiya asosida baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
 
“Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida baliq boqish uchun garovsiz kreditni 100 million soʻmgacha oshirish taklif qilindi.