Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Muxtor Shonazarov Xanns Zaydel jamgʻarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha vakolatxonasi rahbari doktor Maks Georg Mayer bilan uchrashdi.

10/02/2024 - 18:16 93

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Muxtor Shonazarov Xanns Zaydel jamgʻarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha vakolatxonasi rahbari doktor Maks Georg Mayer bilan uchrashdi.

 

 

Uсhrashuvda agentlik va Germaniyaning Xanns Zaydel jamgʻarmasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining funksional vazifalari tanishtirildi. 



Oʻzbekiston va Germaniya ekspertlarini jalb qilgan holda “Oʻzbekistonda mahallalar: kecha-bugun-ertaga” mavzusida tadqiqotlar oʻtkazish, mahallalardagi oʻzini-oʻzi boshqarish xoʻjaliklari boʻyicha jamgʻarmaning Bavariyadagi faoliyati namunasida qoʻllanma va Germaniya tajribasi asosidagi oʻquv adabiyotlarni oʻzbek tilida taqdim etish hamda "Mahalla yettiligi"ning malakasini oshirish bo'yicha oʻquv-seminarlarini tashkil etishga qaratilgan qo'shma loyihalar muhokama qilindi.