O'ZBEKISTON-GERMANIYA: qoʻshma loyihalar amalga oshadi.

08/02/2024 - 08:59 75

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Muxtor Shonazarov Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning “Oʻzbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi rahbari Beate Shorayt xonim bilan uchrashdi.
Unda agentlik va GIZ tashkiloti oʻrtasida Oʻzbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlar va barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshma harakatlar rejasi muhokama qilindi.

Xususan, 2024-yilning 1-sentabrigacha Shahrisabz tumani “Navroʻz” MFY hududidagi Miraki nasos stansiyasini tiklash va 13 km uzunlikda metall quvur tortish orqali foydalanishga kiritiladigan 500 gektar yer maydonida “kooperativ” va “agregator” tizimini ishga tushirish boʻyicha tomonlar oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. 

 

Ushbu loyihani amalga oshirishda avvalo, fermerlar va hokim yordamchilarining bilim va malakasini oshirish zarurligi taʼkidlandi. Chunki, qishloq xoʻjaligi va tadbirkorlik sohasida organik mahsulotlarni yetishtirish va uni qayerga sota bilish maxsus tajribani talab etadi.

Shuningdek, uchrashuvda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish master rejalari bo'yicha hokim yordamchilarini oʻqitish va malakalarini oshirish masalasi ham kelishib olindi.