“Namanganda "Xalqaro Asal festivali"  boshlandi

27/10/2023 - 16:16 193

“Namanganda "Xalqaro Asal festivali"  boshlandi

Joriy yilning 27-29 oktyabr kunlari Davlatobod tumanida joylashgan “Afsonalar vodiysi” tematik parkida  II - "XALQARO ASAL FESTIVALI"ning tantanali ochilish marosi bo‘lib o‘tdi

Mazkur festivalda qo‘shni Qirg‘iziston, Qozog‘iston Respublikalari, Rossiya federatsiyasidan  jami 100 dan ortiq asalarichilik bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar  va ekspertlar shuningdek, mahallalardagi “Hokim yordamchilari”  ko‘magi bilan oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida kredit mablag‘lari olib tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolar  ham qatnashmoqdalar.

Festivalning asosiy maqsadi o‘zaro hamkorlik va do‘stlikni mustahkamlash, shuningdek, asalarichilik sohasida xalqaro tajriba almashuv platformasini yaratish, asalarichilikka innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda sanoatlashtirish hamda dunyoda shu yo‘nalish rivojlangan Rossiya, Qozog‘iston va Ukraina kabi yirik 10 talik davlatlar ichidan joy olishdir.