Kattaqo‘rg‘onda kasanachilik rivojlanmoqda

16/08/2023 - 12:21 265

Kattaqo‘rg‘on tumani hokim yordamchilari mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o‘rganib, ishsizlik darajasi, tomorqa yerlaridan foydalanish holati hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilish va ehtiyojlarni o'rgangan holda aholiga muntazam ko‘maklashmoqda.

Tumanning “Qo‘shqo‘ton” mahallasida “Ayollar daftari”da ro'yxatda turuvchi Nafisa Siddiqova hokim yordamchisining ko‘magida kasanachilikka qo‘l urdi. Shunchaki qiziqish ortidan boshlangan tikuvchilik faoliyati tobora kengayib bordi. Hozirda N.Siddiqova “mahalla beshligi” taklifiga binoan mahalladagi maktab ustaxonasida 13 nafar xotin-qizlarga ustoz-shogird an’anasi asosida kasb-hunar o‘rgatib kelmoqda.

Shuningdek, “Tavaron” mahallasida yashovchi Shahobiddin Zokirov hokim yordamchisi tavsiyasi asosida 32 million so'm kredit mablag'iga 300 dona tovuq sotib olib, parrandachilikni yo‘lga qo‘ygan.

“Omonboyko‘prik” mahallasida yashovchi Sodiqjon Omonov ham hokim yordamchisi ko‘magida kredit olgan. Hozirda u to'qima stol-stullar yasab sotib, daromad topmoqda. O'z navbatida, mahalladagi 6 nafar yoshlarni ham ishga jalb qilgan.