Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.Ubaydullayev ishtirokida o‘zaro hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi

20/05/2022 - 09:47 716

Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi tashabbusi bilan bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, savdo-sanoat palatasi, "hunarmand" uyushmasi, aktsiyadorlik tijorat Xalq banki hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.Ubaydullaev ishtirokida o'zaro hamkorlikda memorandum imzolandi. Mazkur memorandum quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqildi: 

Ish bilan band bo'lmagan xotin-qizlar bandligini ta'minlash, kasb-hunarga o'qitishni tashkil etish, tadbirkorlik va hunarmandlik faoliyatiga keng jalb etish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasb-hunarga o'qitish, ularning muayyan kasb-hunarga ega bo'lishlari va shu orqali daromadli mehnat va tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashiga ko'maklashish;

Hududlarning geografik joylashuvi, imkoniyatlari, ixtisoslashuvi hamda xotin-qizlarning ehtiyojlari va qiziqishlarini inobatga olgan holda ularning tadbirkorlik faoliyatlarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish;
Lider ayol tadbirkorlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan xotin-qizlarni biriktirish orqali bo'lg'usi tadbirkor xotin-qizlarning o'z faoliyatlarini yo'lga qo'yishida va rivojlantirishida ko'maklashish;

Hunarmandchilik faoliyati bilan shug'ullanish istagida bo'lgan xotin-qizlarni hunar egallashlarini hamda faoliyatlarini kengaytirishlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida "usta-shogird" tamoyili asosida usta hunarmand ayollarga bo'lg'usi hunarmand xotin-qizlarni biriktirish;
Ehtiyojmand, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan, "temir daftar", "ayollar daftari" va "yoshlar daftari"ga kiritilgan, tashqi mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan va mehnat migrantlari oilalaridagi, shuningdek, tazyiq va zo'ravonlikdan hamda odam savdosidan jabr ko'rgan ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni kasb-hunar egallashlari, daromadli mehnat hamda tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va bunda yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishni ta'minlash;

Tadbirkor va hunarmand xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan (tayyorlanayotgan) mahsulotlarni realizasiya qilishga ko'maklashish, ularning mahsulotlarini ichki va tashqi bozorda sotish bo'yicha mahalliy va xorijiy logistika kompaniyalari imkoniyatlaridan foydalanish masalalarini o'rganib borish; 
Norasmiy sektorda band bo'lgan xotin-qizlarni ro'yxatdan o'tkazish va o'zini o'zi band qilish, hamda "hunarmand" uyushmasiga a'zo qilish orqali soliq va boshqa imtiyozlardan foydalanishlarida ko'maklashish;       
Doimiy va mavsumiy bo'sh (vakant) hamda yangidan yaratiladigan ish o'rinlariga ishga joylashtirish orqali xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish;

Yuqoridagi tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish bilan bir qatorda ushbu Memorandum bilan xotin-qizlarning bandligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida har oyda o'zaro axborot almashishga va kelgusida e'tibor qaratiladigan yo'nalishlarni belgilashga kelishib olindi.