Jahon banki ishtirokidagi "Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish, 2-faza" loyihasi yuzasidan Jahon banki missiyasi a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

08/11/2022 - 15:34 187

Loyihani ishga tushirish, loyihada belgilangan tadbirlarni potensial benefitsiarlarga yetkazish hamda dastlabki rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishda ko'maklashish maqsadida Jahon banki vakillari 26-oktyabr -7-noyabr kunlari o'z missiyasini amalga oshirdi. Uchrashuvda Jahon banki missiyasi a'zolari loyiha rahbari - D.Xidirov, Qishloq xo'jaligi sohasi bo'yicha katta mutaxassisi – S.Das, B.Tumurdava va kredit liniyalari bo'yicha konsultant A.Ergashev, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o'rinbosari M.Shonazarov hamda loyihani amalga oshirish guruhi rahbari A.Norboyev ishtirok etishdi.

Jahon bankining missiyasi yakunlari bo'yicha o'tkazilgan ushbu uchrashuvda loyihaning 2 ta komponentlari bo'yicha dastlabki 6 oyda qilinadigan ishlar tahlil qilindi, jumladan; 
10 ta hududda 22 ta biznes-inkubator va murabbiylik markazlarini tashkil etadigan tashabbuskorlarni tanlab olish 2023-yil mart oyiga qadar yakunlanadi hamda may oyidan biznes-inkubator va murabbiylik markazlari o'z faoliyatlarini boshlaydi;

Hamkorlikni rivojlantirish va sotish zanjirlarini yaratish bo'yicha o'rganishlar dastlabki 3 oyda amalga oshiriladi hamda mahalliy tadbirkorlar o'z hamkorlarini topish uchun har bitta hududda 2023-yil aprel oyidan boshlab mahalliy ko'rgazmalar tashkil etilishi boshlanadi;

Loyiha doirasida demonstratsiya qilinidigan Climate Smart texnologiyalari joriy yilning oxiriga qadar tanlab olinib, demonstratsiya qilinadigan ob'yektlarlar bo'yicha tashabbuskor tadbirkorlar bilan keyingi yilning mart oyiga qadar shartnomalar imzolanadi;

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish dasturi bo'yicha 2023-yil aprel oyidan boshlab dastlabki 200 ta ayollar guruhlari tashkil etilib, ularni tadbirkorlikka o'qitish boshlanadi. Loyiha doirasidagi kredit liniyasi orqali joriy yil dekabr oyidan tadbirkorlik sub'ektlari uchun kreditlar ajratish yo'lga qo'yiladi.