AQShning USAID tashkiloti bilan uchrashuv

18/10/2022 - 16:25 221

Joriy yilning 5-oktyabr kuni Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentiligida AQShning USAID tashkiloti bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda USAID tashkilotining Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha savdo dasturi direktori Alfiya Musina ishtirok etdi.

 

Tomonlar, USAID tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan O'zbekistonda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo'yicha loyihani Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentiligi bilan birgalikda implementatsiyasi yuzasidan fikr almashdilar. Shu bilan birga Mahallabay agentligi tomonidan ishlab chiqilgan onlayn biznes-Navigator tashkil etish loyihasi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan texnikaviy va moliyaviy ko'mak ko'rsatilishi munosabati bilan va bu borada qisman boshqa xalqaro tashiklotlar moliyaviy ishtirokini jalb qilish zarurati mavjudligi sababli USAID tashkilotiga mazkur loyihada qatnashish taklif etildi.

Ta'kidlash joizki, ushbu platforma shu vaqtgacha Markaziy Osiyo mintaqasida tashkil etilmagan bo'lib, u kelajakda nafaqat O'zbekiston ishbilarmonlarni barchasini o'z ichiga olishi, balki butun bir mintaqa biznes-vakillarini qamrab olishi aniq.  Bundan tashqari muzokaralar davomida USAID tomonidan Agentlik bilan hamkorlikda gender tengligiga, yashil texnologiyalar va atrof-muxitni yaxshilashga qaratilgan qushma xarakatlarni amalga oshirish va loyihalarni ishlab chiqishga qiziqish bildirildi. Suhbat yakunida hamkorlikni yanada rivojlantirish va kelgusida ikki tomonlama uchrashuvlarni muntazam ravishda o'tkazish bo'yicha kelishildi.