JICA tashkiloti vakillari bilan uchrashuv

13/10/2022 - 16:34 201

Joriy yilda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o'rinbosari M.Shonazarov Yaponiyaning JICA tashkiloti vakili Norixiro Toki va Toshkentdagi Yapon markazi direktori Dilafruz Ikramova bilan muzokaralar o'tkazdi. Uchrashuv boshida M.Shonazarov Agentlikning faoliyati haqida ma'lumotlar taqdim etdi. Tomonlar ikki tashkilot o'rtasida rivojlanib borayotgan hamkorlik borasida fikr almashib, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentiligi delegatsiyasining joriy yilning iyul oyida Yaponiyaga tashrifi yakuni bo'yicha qabul qilingan "Yo'l xarita"sining ijrosi yuzasidan aftroflicha muhokama qildilar.

 Natijada JICA tashkiloti vakili Norixiro Toki Yaponiyaning "SME Support Japan" bilan birgalikda Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari uchun tadbirkorlikni rivojlantirish borasida "Onlayn" trening va vebinarlar o'tkazish bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi. Hujjatda aks etilgan O'zbekistonda agregator tizimini tashkil etish bo'yicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari ushbu tizim Yaponiyada mavjudligi faqat boshqacha nomlanishi haqida ma'lum qilib, bu masala yuzasidan Yaponiyada o'qitishga manfaatdor bo'lgan mutaxassilarni aniqlagandan so'ng, rejali o'qitish dastur shakllantirilib, O'zbekistondagi tadbirkorlarga o'qitilishi mumkinligi belgilandi.

 

  Muzokaralar yakunida hamkorlikni yanada faollashtirish maqsadida ikki tomonlama maslahatlashuv uchrashuvlarini muntazam ravishda o'tkazish zarurati ta'kidlandi hamda istiqbolli hamkorlikni yo'lga qo'yilishi munosabati bilan JICA va Agentlik o'rtasida maslahatlashuv Kengashini kelgusi yilda tashkil etish borasida ijobiy munosabat bildirildi.