“O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari, davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va unga qarshi kurashish bo‘yicha ijobiy xulqni shakllantirish” mavzusida amaliy o‘quv seminari

27/06/2022 - 12:19 153

O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi mas'ul xodimlari ishtirokida hududiy boshqarma, tuman (shahar) markaz hodimlari hamda hokim yordamchilari uchun "O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari, davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va unga qarshi kurashish bo‘yicha ijobiy xulqni shakllantirish” mavzusida amaliy o'quv seminari Denov tumanidagi Pedagogika va tadbirkorlik instituti va Termiz shahrining "Imom Termiziy" ilmiy-tadqiqot markazida bo'lib o'tdi.

Seminarda, Termiz shahar, Angor, Bandixon, Jarqo'rg'on, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod va Termiz tuman, Qumqo'rg'on, Oltinsoy, Sho'rchi, Boysun, Denov, Sariosiyo va uzun tumanlarining markaz rahbarlari, hodimlari hamda hokim yordamchilari ishtirok etishdi. Seminarda hokim yordamchilari tomonidan o'zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.