Ozarbayjon kichik va o'rta biznesni rivojlantirish agentligi bilan uchrashuv

27/06/2022 - 12:11 151

Toshkentda 2022-yil 20-iyun kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida O'zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi bo'lib o'tdi. 21-iyun kuni mazkur forumga tashrif buyurgan Ozarbayjon Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish agentligi boshqaruv raisi Orxan Mammedov va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Mirzohid Ubaydullayev bilan hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.



Tomonlar ikki tashkilot faoliyati va vazifalari haqida ma'lumotlar bilan bo'lishishdi va kelgusi hamkorlik yo'nalishlari bo'yicha fikrlar almashishdi. Uchrashuv yakunida, O'zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o'rtasidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tashkilotlar orasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan o'zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.