MCHJ "Biznes-geometriya" vakillari bilan uchrashuv

27/06/2022 - 10:22 157

Joriy yilning 20-iyun kuni Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig'i S.Rasulov Rossiya Federatsiyasi Kaliningrad viloyatidan tashrif buyurgan MCHJ "Biznes-geometriya" biznes hamkorlik vakillari ishtirokidagi, Toshkent shahri Olmazor tumani hokimiyatida bo'lib o'tgan uchrashuvda ishtirok etdi. 

Bundan tashqari uchrashuvda, bir qancha nufuzli tashkilotlar O'zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi, O'zbekiston ekspertchilar uyushmasinig tegishli vakillari hamda Olmozor tuman hokimligi ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda, MCHJ "Biznes-geometriya" vakillari qishloq xo'jaligi mahsulotlarini (dukkakli o'simliklar) yetishtirish va ularni eksport qilish, erning unumdorligi oshirish maqsadida mineral o'g'itlar yetishtirish bilan shug'ullanishi bundan tashqari tashqi savdo, yengil-sanoat sohalarida O'zbekistonlik tadbirkorlarni jalb qilgan holda ular bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish istagini bildirishdi. 

Shuningdek, O'zbekistonda bo'layotgan islohotlar,qishloq xo'jaligi, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, eksportni rag'batlantirish bo'yicha fikrlar almashildi. Uchrashuv so'nggida, tashkilotlar o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi tuzish bo'yicha kelishib olindi.