Mahallabay ishlash va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan press-tur tadbirlari Andijon viloyati

20/06/2022 - 10:59 71

Joriy yilning 16-17 iyun kunlari Andijon viloyatida mahallabay ishlash va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan press-tur o'tkazilmoqda. 17-iyun kuni qatnashchilar Andijon tumanining Sadda tagi mahalla fuqarolar yig'inida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, mahalla ahli bilan bevosita suxbatlashdilar. 

Shuningdek, Press-tur qatnashchilari yangi Andijon massivida bo'lib, massivda olib borilayotgan qurilish ishlari va yangi Andijonda bunyod etilayotgan "Best impex textile" bilan ham tanishdilar.
Press-tur ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida Andijon "Rһagma Park" faoliyati bilan tanishdilar. Shu bilan birga, Buloqboshi tumanidagi hokim yordamchilari faoliyati bilan tanishdilar. Bu tumanda asosan xokim yordamchilari tashabbusi bilan 20 km uzunlikda yo'l atroflariga xarxil navdagi uzum ko'chatlari ekilgan.

Shu bilan birga, Press-tur ishtirokchilari Xo'jaobod tumanidagi Beshqovoq mahallasi hududida faoliyat olib borayotgan "Navigul" MChJda bo'ldilar.  Jarayonda ular mazkur korxona issiqxonasida karam, gul karam va bulg'or qalampiri ko'chatlarini etishtirish jarayoni bilan tanishdilar. Mazkur issiqxonada etishtirilgan ko'chatlar hududdagi aholi uchun 10 sotixdan ajratilgan bug'doydan bo'shagan 80 gektar maydonga takroriy ekin sifatida ekiladi. 

Press-tur ishtirokchilarining keyingi manzili Jalaquduq tumani bo'ldi. OAV vakillari Beshkaram va tadbirkor mahallasida "mahallabay" ishlash tizimi asosida asalarichilikni rivojlantirish bo'yicha aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar va Turkiya texnologiyasi asosida bunyod etilgan namunali arzon uy-joylarda bo'ldilar. Xonadonlarning qulayliklari bilan tanishdilar.