Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan Agentlikning 14 ta hududiy boshqarmalari, 207 ta tuman (shahar) markazlari uchun o'quv-seminar boshlandi

13/06/2022 - 16:52 87

Hammamizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil PQ-62-son "Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori qabul qilindi. Qarorga asosan Agentlik va uning hudduiy boshqarmalari, tuman markazlari o'z faoliyatini boshladi.

Joriy yilning 13-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan Agentlikning 14 ta hududiy boshqarmalari, 207 ta tuman (shahar) markazlarining rahbarlarining malakasini yanada oshirish, hududiy boshqarmalarning faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida "Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va mavjud sharoitlarni yaxshilash masalalari" mavzusida hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirokida bir haftalik o'quv kurslarini tashkil etish yo'lga qo'yildi.

Mazkur o'quv-seminar mashg'uloti Davlat boshqaruvi akademiyasi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o'quv-reja dasturiga muvofiq tashkil etildi. Seminarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining o'rinbosari-Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining direktori Ubaydullayev Mirzohid Mirodilovich ochib berdi. O'quv mashg'ulotida Agentlikning barcha hududiy boshqarma boshliqlari hamda tuman(shahar) markazlari rahbarlari, bundan tashqari vazirlik, qo'mita va boshqa tashkilotlarning mas'ul mutaxassis hodimlari ishtirok etishdi.

Agentlik tomonidan o'tkazilayotgan ushbu o'quv-seminar mashg'ulotida, mamlakatimizda aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirishning asosiy yo'llari va huquqiy asoslari, aholini tadbirkorlikka jalb qilish va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, band bo'lmagan aholini munosib ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunar va tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish ishlariga jalb etish bo'yicha tushunchalar berilishi ko'zda tutilgan.