Surxondaryo viloyat Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot

01/06/2022 - 15:25 128

Surxondaryo viloyatida mahallabay ishlash tizimi va hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida alohida chora-tadbirlarni belgilgan. Jumladan, viloyatda 721 nafar hokim yordamchilari faoliyatini boshlagan va ularga ko'mak berish uchun vazirliklardan 21 nafar mas'ul xodimlar tuman (shahar)larda biriktirilgan. Hokim yordamchilari viloyatdagi barcha 490 ming ta (100%) xonadonlar xatlovdan o'tkazildi va 4 ta toifaga ajratib olindi. 

Xatlov natijalariga ko'ra, aholi xonadonlaridan 68 ming 629 ta turli muammo va takliflar aniqlangan. Shundan:

Mehnatga layoqatli ishsizlar 113.9 ming nafar 
Ishlash istagi mavjud mehnatga layoqatsiz ishsizlar 35.5 ming nafar 
Kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qish istagi bo'lgan fuqarolar 5 658 nafar
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagi bor fuqarolar 13 219 nafar kredit olishga istagi bo'lgan fuqarolar 26 639 nafar
Kooperasiya asosida ishlash istagi bo'lgan fuqarolar 812 nafar 
Nogironligi mavjud xonadon a'zolari 37 985 nafar

Хatlovdan kelib chiqib, har bir hokim yordamchisi tomonidan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirish hamda ish o'rinlari yaratish bo'yicha "yo'l xaritasi" ishlab chiqilib, 2022-yil davomida amalga oshiriladigan vazifalari belgilab berildi. 

Bugungi kunda "yo'l xaritasi"ga asosan, 102 ta mahallada tadbirkorlar tomonidan xizmat ko'rsatish markazlari tashkil etildi (429 mln so'm kredit ajratildi), 135 ta korxonalarning faoliyati tiklandi, norasmiy ishlayotganlarni legallashtirish hisobiga 5826 nafar fuqaroning bandligi ta'minlandi, 94 ta foydalanilmasdan turgan bo'sh binolardan samarali foydalanish yo'lga qo'yildi, qiymati 248,5 mlr.so'mlik 115 ta investisiya loyihalari ishga tushurildi, 7 mlrd.so'mlik 212 ta kichik hizmat ko'rsatish loyihalari amalga oshirildi, 1372 ta yangi kichik biznes sub'ektlari tashkil etildi, 24476 nafar fuqaro o'zini o'zi band qilindi, 6089 nafar tadbirkorlarning muammollari hal etildi. Natijada, hokim yordamchilarining ko'magi bilan 1-may holatiga 75 ming 630 nafar fuqarolarning bandligi ta'minlandi. 

May oyining o'n besh kunida 8 469 narfar fuqaro bandligi ta'minlandi.  Hokim yordamchilari xonadonbay o'rganish natijasida "Оnlayn mahalla" platformasiga 46 994 nafar aholi tomonidan 1 481 mlrd. so'mlik kredit olish bilan bog'liq arizalar kelib tushgan. 
 Ushbu arizalarning 13 ming 710 tasiga ijobiy tavsiyanomalar berildi va 8 389 ta xonadonga "har bir oila-tadbirkor" dasturi asosida 223 mlrd.so'm kredit mablag'lari ajratildi. 
 Shuningdek, 873 nafar (shundan 530 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar) ishsiz fuqarolarga 2,9 mlrd. so'mlik subsidiya mablag'lari ajratildi. 

Ajratilgan subsidiya natijasida temir daftarga kiritilgan ehtiyojmand 191 ta xonadonlarda ixcham issiqxonalar qurib berildi. Bundan tashqari, 5 ta yo'nalishda 67 ta ishlab chiqarish kooperativlari tashkil etildi.  Shuningdek, joriy yilning 15 may kuniga qadar xatlovda aniqlangan 187 ta mahalladagi 277 ta xonadonga 392 ta inkubatorlar tarqatildi.

Ish bilan band bo'lmagan yoshlar, хotin-qizlarni kasb-hunarga o'qitish orqali bandligini ta'minlash bo'yicha bandlik vazirligi qoshidagi monomarkaz va kasb hunarga o'qitish markazlaridan tashqari, qo'shimcha 22 ta nodavlat ta'lim tashkilotlari tashkil etilib, jami 39 ta bo'ldi. 

O'qish istagi bo'lgan 5 ming 995 nafar fuqarodan 3 ming 991 nafari kasb-hunar va tadbirkorlik yo'nalishi bo'yicha o'quv kurslariga jalb etildi.       

Viloyatda 5 847 gektar qishloq xo'jaligi er maydonlari 28 166 ta lotlarga bo'linib, "E-AUKSION" savdo platformasi orqali ochiq elektron tanlovga qo'yildi. Auksion natijasiga ko'ra 4 616 gektar yer maydonlari 24 129 nafar (shundan daftarda turganlar 11 ming 71 nafariga 2148 gektar) fuqarolarga ajratildi. Buning natijasida 24,1 ming nafar aholi bandligi ta'minlandi. 

Ushbu ajratilgan yer maydonlaridan yuqori hosil va daromad olish maqsadida "Bir mahalla bir mahsulot" tamoyili asosida oziq-ovqat ekinlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda hamda har bir mahallaga "Tomorqa hizmati" MChJlar biriktirildi. 
"Bir mahalla-bir mahsulot" tamoyili asosida tumanlarda 103 ta mahalla tanlab olinib 9 ta ixtisoslashuv yo'nalishi bo'yicha 76 434 ta xonadonlar oilaviy tadbirkorlikga jalb qilinadi.

Hokim yordamchilarini doimiy qo'llab - quvvatlash hamda rag'batlantirish maqsadida har xaftada juma kuni ular bilan uchrashib, mavjud muammolari eshitilmoqda. Tuman sektor rahbarlari ham ularga joyida amaliy yordam bermoqda. Shuningdek,  yaxshi tajribani amalga oshirilayotgan hokim yordamchilari misolida tushuntirish ishlarini amalga oshirilmoqda. 

 1-chorak yakuni bo'yicha hokim yordamchilarining eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlari (KPI) tahlil qilindi. Shuningdek, 721 ta hokim yordamchisi 1 chorak faoliyati natijalari; 

 58 nafari 8 foizi "a'lo"  
 182 nafari 25 foizi "yaxshi" 
 218 nafari 30 foizi "qoniqarsiz" 
 263 nafari 36 foizi "qoniqarli"

 Hokim yordamchilarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan 115 ta hokim yordamchilariga ish haqining avvalgi ish joyi bo'yicha o'rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo'lgan qismini kompensasiyasi uchun 1 345 mln.so'm to'lab berildi. 
 1-chorakda yaxshi ko'rsatkichlarga erishgan hokim yordamchilari orasidan milliy kadrlar zaxirasiga 20 nafari kiritildi.  
 Shuningdek, boshqarma boshlig'i tomonidan mahallabay ishlash tizimi bo'yicha har kuni 2 tadan mahallada bo'lib, hokim yordamchilari bilan uchrashib, amalga oshirilayotgan ishlari bilan tanishib, yuzaga kelayotgan muammolarni joyida bartaraf etilish ishlari tizimli yo'lga qo'yilgan.