"Massachusetts" texnologiya instituti qoshidagi kambag'allikka qarshi kurashish laboratoriyasi (J-Pal) Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi o'rtasida muzokaralar olib borildi

19/05/2022 - 15:46 150

Agentlik tomonidan hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan ma'qullangan "Massachusetts" texnologiya instituti qoshidagi kambag'allikka qarshi kurashish laboratoriyasi (J-Pal) tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bilan hamkorlikda 10-11-may kunlari tashkil etilgan seminar-treninglarda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi xodimlari ham ishtirok etishdi. 

Seminarning ikkinchi kunida Agentlik rahbariyati J-Pal vakillari bilan ikki tomon muzokaralar olib bordi. Muzokara J-Pal siyosiy yo'nalishlar bo'yicha direktori Killian Nolan va siyosiy yo'nalish bo'yicha menedjer Karla Petersenlar ishtirokida o'tdi.
Uchrashuv davomida, tomonlar asosiy faoliyati, kambag'allikni qisqartirishga qarshi kurashdagi hamkorlik faoliyatining yo'nalishlari ko'rib o'tildi. J-Pal tashkilotining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lgan kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan tadqiqotlar o'tkazishdan iboratligini inobatga olib, O'zbekistonda joriy etilgan mahallabay ishlashni, shu qatorda xokim yordamchilarining o'zgaruvchanlik faoliyati ustidan tadqiqotlar o'tkazish orqali, ularning faoliyatini yaxshilash taklifi berildi. Agentlik tomonidan
J-Pal vakillariga yanada yaqinroq tanishish va hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadlari bildirildi.