Osiyo taraqqiyot banki tomonidan texnik ko'mak ko'rsatilish boshlandi

18/05/2022 - 11:53 153

Joriy yilda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Agentlik va Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi "Kichik va o'rta tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish dasturi" loyihasining 2-kichik dasturida belgilangan islohotlar matrisasidagi vazifalarni tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirmoqda. 


 

Shuningdek, ushbu dastur doirasida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Agentlik faoliyatini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish, xodimlar salohiyati va malakasini yanada oshirish maqsadida Agentlikka texnik ko'mak ko'rsatish nazarda tutilgan. Bugungi kunda xalqaro va mahalliy konsultantlar yollandi va ular o'z faoliyatini boshladi.