"Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil qilish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish yo'llari" mavzusida o‘quv - seminar mashg‘uloti tashkillashtirildi

28/04/2022 - 15:25 115

Joriy yilning 19-aprel kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta'minlash masalalari yuzasidan bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida jami 9 315 ta hokim yordamchilaridan 1-chorakda 3 636 nafari faoliyati qoniqarsiz deb baholanganligi aytib o'tildi. Qoniqarsiz deb baholangan hokim yordamchilarini kelgusida faoliyatida sustkashlikka yo'l qo'ymaslik maqsadida hududlar kesimida doimiy o'quv-seminar mashg'ulotlari o'tkazish bo'yicha topshiriq berildi. 

Mazkur topshiriqqa asosan "Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil qilish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish yo'llari" mavzusida 27-29 aprel kunlari barcha hududlarda o'qitish ishlari tashkillashtirildi.