"Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil qilish: mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish yo'llari" mavzusidagi seminar-trening

19/04/2022 - 16:15 954

Hammamizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-29-son qaroriga asosan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchilari o'z faoliyatni boshladi.

Hokim yordamchilarining asosiy faoliyat turi: tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes loyiha va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, bandligini ta'minlash ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini o'rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o'rgatuvchi o'quv markazlariga yo'naltirish hamda o'qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta'minlashga yordam berish.

Shu bilan birga, hokim yordamchilari mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta'minlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga ko'maklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik sub'ektlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Joriy yilda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.Ubaydullaevning tashabbuslari bilan biznes va tadbirkorlik oliy maktabi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish hamda aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashni amalga oshirishga moliyaviy ko'maklashish, ularning daromadli mehnat bilan bandligini ta'minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va hokim yordamchilari tomonidan tavsiya qilingan aholi qatlamlarini Oliy maktab va uning hududiy filiallaridagi qisqa muddatli tadbirkorlik ko'nikmalari bo'yicha o'quv kurslariga jalb qilishni tashkil qilish hamkorlikning asosiy maqsadlaridan biri etib belgilandi.

 

Shu bilan birga, hokim yordamchilari uchun hududlar kesimida malaka oshirishlari uchun o'quv-seminarlarini tashkil etish belgilandi. O'quv-seminarlarining birinchi bosqichi esa Toshkent viloyatida tashkillashtirilishi rejalashtirilgan bo'lib, joriy yilning 19 aprel kuni Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani "ishga marhamat" monomarkazida 3 kunlik uquv-seminarning birinchi kuni o'tkazildi.

Ushbu uquv-seminar davomida hokim yordamchilari biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ishlab chiqilgan o'quv-dasturi orqali ya'ni;

1. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirishning xuquqiy asoslari;

2. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirishning moliyaviy mexanizmlari;

3. Biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish; 

kabi modullarda o'qitiladi.