Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.Ubaydullayevning Andijon viloyatiga tashrifi yuzasidan ma'lumot

14/04/2022 - 17:13 173

2022-yil 13-aprel kuni Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining direktori M.Ubaydullayev Andijon viloyati Asaka tuman hududidagi "Baxrin" mahalla fuqarolari yig'inida hokim yordamchisi T.Mirsaidov bilan mahallada amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. 

 Hududda aholi xondonlarida 1 ta yirik hamda 5 ta kichik inkubatoriyalar mavjud bo'lib, ular tomonidan oyiga 1 mln. boshdan ziyod jo'ja ochirib chiqarish quvvatiga egaligi aniqlandi. 

 Misol uchun "Vodiy muruvvati" MCHJ da 24 ta inkubatoriya mavjud bo'lib, oyiga 400 ming dona jo'ja ochib chiqarish quvvatiga ega. Inkubatoriyada hozirgi kunda 10 ming bosh ona tovuqlar mavjud, ulardan olingan tuxumlar ochirilib mahalla fuqarolar yig'inidagi aholi xonadonlariga tarqatiladi.

Xususan mahallaning anjirzor ko'chasida yashovchi Abdusalomov Mansurbekning xonadoniga 3 ming dona jo'ja berilgan, ular 15 kun davomida boqilib so'ngra 12 000 so'mdan sotiladi. Xonadon egalari 1 dona jo'jani 3500 so'mdan olib unga 5000 (ozuqalar, vitaminlar va kommunal haraajatlari) so'mdan harajatlar qilinganligi va 15 kunlik jo'jalar 12 000 so'mdan sotilib, xonadon egalariga 3500 so'mdan jami 3000 bosh jo'jadan 10 mln 500 ming so'm sof daromad olib kelishi aniqlandi.

Shuningdek, A.Navoiy ko'chasida yashovchi fuqaro Abdullayev Tursunxo'janing xonadoni ko'zdan kechirilganda, o'z xonadonida 1000 bosh qora tovuq boqayotganligi, fuqaro 1 oylik qora tovuqni xar birini 20 ming so'mdan jami 20 mln so'mga sotib olgani aniqlandi. Ushbu tovuqlarni 4 oy davomida boqib, 4 oy davomida 30 mln so'mlik ozuqa, 2 mln so'mlik elektr energiya, 8 mln so'mlik dori-darmon va 20 mln so'mlik boshqa xarajatlar jami 60 mln so'mlik xarajat qilinadi. Shuningdek, beshinchi oydan boshlab tovuqlar tuxumga kirib, 7 oy davomida tuxum yetkazib beradi. Bu davrda ya'ni 11 oy davomida jami (20 mln so'm tovuq + 60 mln so'm 4 oylik xarajat + 54 mln so'm 7 oylik xarajat) 234 mln so'm xarajat qilinadi. 7 oy davomida 1000 bosh tovuqdan jami 168 ming dona tuxum olinadi. (o'rtacha 80 foiz). Bir dona tuxum 2 ming so'mdan sotilsa 336 mln so'm bo'ladi.           

Xonadonning 11 oylik sof foydasi 102 mln so'm bo'lib, bir oyda o'rtacha 9 mln so'm daromad topadi.

 

Shundan so'ng tumandagi "Qayrag'och" mahalla fuqarolari yig'inida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib chiqildi.

 Mahalla hududida uzumchilikni yanada rivojlantirish maqsadida "Qorasuv" va yuqori "Qorasuv" ko'chalarida aholi shaxsiy tomorqa yerlaridan unumli foydalanish va daromadlarini oshirish maqsadida 210 ta xonadonlarning ko'cha qismiga uzum so'rtaklar o'rnatish rejalashtirilgan. So'rtaklar qurilishi ushbu hududda tashkil etilgan tadbirkor "Qayrag'och Mexnatobod" MCHJ tomonidan amalga oshiriladi.

 Mahalla hududidagi sobiq istiroxat bog'i "Dunyo va biz" MCHJ ga ajratilgan bo'lib, ushbu hududda 1 ta mini futbol maydonchasi, 1 ta katta futbol maydoni, basseyn, sportzal va sog'lomlashtirish markazi qurilish ishlari olib borilmoqda.  Shuningdek, ushbu tadbirkor tomonidan "Qayrag'och" mahalla fuqarolar yig'ini binosi ham qurib berilmoqda.

 Xududdagi tadbirkor Badalov Baxtiyor tomonidan umumiy qiymati 200 mln.so'mlik mablag'lar hisobiga trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari tumandagi "Yuksalish" mahallasi hududidagi "Obod turmush orzusi" klasteri faoliyati bilan tanishildi. Klaster korxonasi bugungi kunda 15 ming tonna mahsulotni qayta ishlash, 16 ming tonna saralash va qadoqlash, 5 ming tonna quritish imkoniyatiga ega. Shuningdek, 5 ming tonnaga mo'ljallangan muzlatgichli omborxona va  3 ming tonnaga mo'ljallangan oddiy omborxonalari mavjud. Bundan tashqari, 1 gektar maydonda issiqxona tashkil qilingan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20 sonli qarori ijrosi bo'yicha tumanda jami 422 gektar maydonlarni 3 ming 883 nafar fuqarolarga dehqon xo'jaligi tashkil qilib 10 yil muddatga ijara asosida foydalanish uchun ajratib berildi. Natijada 4 mingga yaqin fuqarolarning bandligi ta'minlandi.

Joriy yilda yuqoridagi maydonlarning 180 gektariga kartoshka, 30 gektariga sabzi, 24 gektariga karam, 25 gektariga bulg'or qalampiri, 25 gektariga pomidor, 25 gektariga bodring va 60 gektariga boshqa ekinlar ekilishi belgilangan. Natijada ushbu maydonlarda 7341 tonna qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirilishi ko'zda tutilmoqda. 

Ushbu yetishtirilgan mahsulotlarning 3 ming tonnasi "Obod turmush orzusi" fermer xo'jaligi tomonidan qabul qilinib qayta ishlashga yo'naltiriladi. Bunda fuqarolar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni tayyor bozori mavjud bo'lib joyida sotib olinadi hamda belgilangan tartibda qayta ishlash sexiga jo'natiladi.