Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

12/04/2022 - 17:30 193

Joriy yilning 12-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi etib, mamlakatmizda barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag'allikni qisqartirish borasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini takomillashtirish hamda biznes va tadbirkorlik, korporativ va loyiha boshqaruvi, menejment sohasida boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash tizimini xalqaro standartlarga muvofiq tubdan takomillashtirish va ularning professional saviyasini oshirish belgilandi.

Bundan tashqari, biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish hamda aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashni amalga oshirishga moliyaviy ko'maklashish, ularning daromadli mehnat bilan bandligini ta'minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va hokim yordamchilari tomonidan tavsiya qilingan aholi qatlamlarini Oliy maktab va uning hududiy filiallaridagi qisqa muddatli tadbirkorlik ko'nikmalari bo'yicha o'quv kurslariga jalb qilishni tashkil qilish bo'yicha kelishildi.

Hokim yordamchilari uchun hududlar kesimida malaka oshirishlari uchun o'quv-seminarlarini tashkil etish belgilandi. O'quv-seminarlarining birinchi bosqichi Toshkent viloyatida tashkillashtirilishi rejalashtirildi.