Xorazm viloyatida hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil qilish bo'yicha joriy yilning 1-chorak yakuni holatiga ko'ra amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'lumotlar.

09/04/2022 - 10:41 160

Hokim yordamchilari faoliyatini raqamlashtirish, inson omilisiz ularni faoliyatini monitoring qilish va baholab borish yuzasidan "Online-mahalla.uz" platformasi ishga tushdi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra tumanda 364523 ta xonadondan bo'lib, xatlov natijasida bugungi kun holatiga 364523 ta xonadon yoki 100,0 foiz aniqlangan. Hokim yordamchilari tomonidan bugungi kunga qadar o'rganilgan 364523 ta xonadonlar platformaga kiritilib, 4 ta toifaga ajratib olindi.

Jumladan:

Birinchi toifa – daromadi kam, biroq daromad topishga harakat qilayotgan xonadonlar 11,3 foiz (41253 ta);

Ikkinchi toifa – doimiy daromadga ega, qo'shimcha daromad topish istagidagi xonadonlar 51,0 foiz (185848 ta);

Uchinchi toifa – ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo'qotgan, nogironligi bo'lgan xonadonlar 6,7 foiz (24454 ta);

To'rtinchi toifa – iqtisodiy ahvoli yaxshi va o'ziga to'q xonadonlar 31,0 foiz (112968 ta);

Hokim yordamchilari tomonidan xonadonlarda o'tkazilgan so'rovnoma natijalari bo'yicha alohida aniqlangan talab va istaklar bo'yicha.

Mehnatga layoqatli ishsizlar 97535 nafar;

Ishlash istagi mavjud mehnatga layoqatli ishsizlar 39863 nafar;

Kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qish istagi xonadonlar a'zolari 3995 nafar;

Tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagida bo'lgan xonadonlar a'zolari 7926 nafar;

Kredit olishga bo'lgan talab 13433 ta;

Kooperatsiya asosida ishlashni istaganlar 1964 nafar;

Nogironligi mavjud xonadonlar a'zolari 26706 nafar, shundan, 1-guruh
4721 nafar, 2-guruh 19943 nafar, 3-guruh 2042 nafarni tashkil qilishi aniqlandi.

Viloyatda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha 2022 yil yanvar-mart oylarida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida viloyatga 695,0 mlrd.so'mlik kredit resurslari ajratilgan bo'lib, joriy yilning 1 aprel holatiga oilakredit.uz platformasi orqali 14231 ta 513,3 mlrd. so'mlik arizalar kelib tushgan, shulardan 6554 ta 184,0 mlrd.so'mlik kredit arizalariga ijobiy xulosa berilgan.

Bugungi kunga qadar tijorat banklari tomonidan 3378 ta 85,2 mlrd.so'mlik kredit mablag'lar ajratilgan.

Shuningdek, kam ta'minlangan aholi qatlamini bandliginni ta'minlash maqsadida 1174 nafar fuqaroga 3,6 mlrd.so'm subsidiya ajratilgan, jumladan, bandlik jamg'armasi tomnidan 526 nafar fuqaroga 1,36 mlrd.so'm hamda "ayollar daftari" va "yoshlar daftari" jamg'armasidan 648 nafar fuqaroga 2,28 mlrd.so'm ajratildi.

Xorazm viloyatida joriy yilning 1 aprelga qadar qishloq xo'jaligi yerlarini "E-AUKSION" orqali sotish bo'yicha 4686,6 gektar er maydonlari 30096 ta lotga ajratilgan holda tanlovga qo'yilgan, shuningdek, shu kungacha 27579 ta lotlar 4322,7 gektar yer maydonlari ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash uchun ajratib berilib 27579 nafar fuqaroning bandligi ta'minlandi.

Viloyatdagi hokim yordamchilari tomonidan jami 29271 nafar fuqaroning bandligini ta'minlashga erishildi, jumladan, 2495 nafar fuqarolar doimiy ishlarga joylashtirildi;

2713 nafar fuqarolar haq to'lanadigan jamoat ishlariga joylashtirildi;

24063 nafar fuqarolar o'zini-o'zi band qilgan shahs sifatida ro'yxatdan o'tkazilib bandligi ta'minlandi.

Bundan tashqari 4173 nafar fuqarolar viloyatdagi hokim yordamchilari tomnidan kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qishga yo'naltirildi.

Shuningdek, joriy yilning 1 aprel holatiga 1233 ta yakka tartibdagi tadbirkor va 1278 ta yuridik shaxs sifatida yangidan tadbirkorlik sub'ektlari ro'yxatdan o'tkazildi.