Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.Ubaydullayevning joriy yil 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi yakunlari yuzasidan ma'lumot

01/04/2022 - 10:28 220

Buxoro shahridagi S.Boxarziy mahallasida joylashgan "Agroklaster DZZ" sutni qayta ishlash zavodi to'g'risida: "Agroklaster DZZ" sutni qayta ishlash zavodi 2022-yil 1-choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Umumiy yer maydoni 2 gektarni tashkil etib, tuproq tahlil laboratoriya va sutni qayta ishlash zavodini o'z ichiga oladi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 4,8 mln yevroni tashkil etadi.
Zavodning rejalashtirilgan investisiyalarning umumiy miqdori 4,8 mln yevro. Zavod tomonidan 43 xildagi sut maxsulotlarni ishlab chiqishi rejalashtirilgan. Zavod tomonidan yaratiladigan ish o'rni 122 ta.

Bundan tashqari, shahardagi Bexishtiyon MFY xududida yangi qurilayotgan "Karvon Shopping" savdo majmuasi qurilishi bilan yaqindan tanishib 1000 ga yaqin yangi tadbirkorlik sub'ektlarini tashkil etilishi buning evaziga yana 2150 ta yangi ish o'rinlarini yaratilishi bilan tanishildi. 

Shuningdek shu hududning hokim yordamchisi Xafizov Karim Raxmatovich hududdagi 118 ta daromadi kam, daromad topishga harakat qilayotgan xonadonlar va 149 ta doimiy daromadga ega, qo'shimcha daromad topish istagidagi xonadonlarga kambag'allikdan chiqarib, qarib 98 nafar fuqarolar milliy shirinliklar, tikuvchilik, xunarmandchilik va xizmat ko'rsatish yo'nalishida o'zini-o'zi band qilishini ta'minlanishi ta'kidlab o'tildi.

Shuningdek, 29-mart kuni Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.Ubaydullayev Buxoro tumani, "Istiqbol" mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan "MILMAXTRADE" MChJda bo'lib, mazkur ob'ektda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. 

Korxona ijrochi direktori Husenov Shahzod, Moliya vazirligidan Buxoro tumaniga biriktirilgan Respublika vakili Ilhom Nabiev, tuman hokimining birinchi o'rinbosari Umid Rajabov, tuman markaz rahbari Sunnatillo Samadov, "Istiqbol" mahalla fuqarolar yig'ini hokim yordamchisi Jasur Rasulovlar Agentlik direktoriga har bir loyiha bo'yicha ma'lumotlar berdi.

Birinchi loyiha: issiqxona tashkil etish: maydoni 22 gektarda, umumiy qiymati 92,0 mlrd.so'm bo'lgan zamonaviy issiqxona tashkil etilishi rejalashtirilgan. Loyihaning yillik quvvati 80,0 mlrd.so'm, natijada 400 ta yangi ish o'rni yaratiladi. Loyihaning ishga tushish muddati 01.08.2022-yil

Ikkinchi loyiha: meva-sabzavotlarni qayta ishlash va qadoqlash: loyihaning umumiy qiymati 24,2 mlrd.so'm, zavodning umumiy maydoni 1,7 gektar. Yillik quvvati 6000 tonna mahsulotni qayta ishlash, quritish, qadoqlash. Yaratiladigan ish o'rni 50 ta. Loyihaning ishga tushish muddati 01.07.2022-yil 

Uchinchi loyiha. Muzlatgich tashkil etish: loyihaning umumiy qiymati 6,0 mlrd.so'm, muzlatgich joylashgan 0,4 umumiy maydon. Yillik quvvati 3100 tonna mahsulot saqlanadi. Yaratiladigan ish o'rni 20 ta. Loyihaning ishga tushish muddati 01.07.2022-yil.

 "MILMAXTRADE" MCHJ negizida tashkil qilinadigan kooperasiyasi. Qamrab oladigan mahallalar: 10 ta. Qamrab oladigan xonadonlar soni: 10 700 ta. Bandligi ta'minlanadigan aholi soni: 1065 nafar. Etishtiriladigan mahsulot hajmi: 93,7 ming tonna

 Shundan so'ng, Agentlik rahbari M.Ubaydullayev Buxoro tumani, Rabotak mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan "Naqshband" hunarmandchilik markazida bo'lib, mazkur ob'ektda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

"Naqshband" hunarmandchilik markazi Buxoro tumanining "yangi shahar" ko'chasida joylashgan bo'lib, bir gektar er maydonini egallagan. Markaz rahbari mohir usta-hunarmand Akmal Muhiddinov. Markazda bugungi kunda jami 100 nafardan ortiq usta-shogirdlar faoliyat ko'rsatmoqda. Hunarmandchilik markazi asosan uch binoga bo'lingan. 

• Birinchi bino – tasviriy san'at muzeyi, zamonaviy, tarixiy uslubdagi restoran, hamda sayyohlar uchun zamonaviy mehmonxona.

• Ikkinchi binoda - Buxoro qadimiy ipak qog'ozi, kashtachilik namunalari, somondan san'at asarlari tayyorlash.

• Uchinchi binoda - yog'och o'ymakorligi ustaxonasi joylashgan. 

 Shundan so'ng, Agentlik rahbari M.Ubaydullayev Buxoro tumani, Istiqbol mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi auktsion orqali er maydonlari ajratilgan erlardan samarali foydalanish holati bilan tanishdi. 1 gektar yer maydonida 10 ta g'olib bo'lgan fuqarolar tomonidan mini duga issiqxonada ekilgan sabzi maydoni bilan tanishdi.

Shu yerning o'zida M.Ubaydullayev "Bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida bir turdagi ekinlarni ekish. Bunda yirik mahsulot qabul qiluvchi, eksportyor, qayta ishlash yo'nalishlaridagi tashkilotlar bilan aholi o'rtasida shartnomalar tuzish va shu orqali etishtirilgan mahsulotlarni fakatgina shu korxonalarga etkazib berish haqida tushunchalar berdi.

 Bundan tashqari, agentlik rahbari M.Ubaydullayev, Buxoro tumani, Dehcha mahalla fuqarolar yig'inidagi yangi tashkil etilishi rejalashtirilgan kichik sanoat zonasi loyihalari bilan tanishdi. Hokim yordamchisi Jo'rabek Sharopov bilan suhbatlashdi.

"Dexcha" MFY hududidan tanlangan 6,2 gektar er maydonida "Kichik sanoat zona"si tashkil etish uchun taklif qilinib, ushbu sanoat zonada 5 ta tadbirkorlik sub'ekti faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, qo'shimcha 9 ta tadbirkorlik sub'ektlari bo'sh turgan er maydonlarida yangi loyhalarni ishga tushurish natijasida 230 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, faoliyatini kengaytirish maqsadida er so'rayotgan tadbirkorlar soni 20 ta, erga bo'lgan ehtiyoj 1,5 gektar, loyiha qiymati 36580 mln.so'm, shundan bank krediti 14680,0 mln.so'm, natijada 150 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratilib, 6000,0 mln.so'mdan ortiq qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarishga erishiladi.

 Shundan so'ng Agentlik rahbari "Rabotiqalmoq" MFY, Dexoji qishlog'idagi "Bux Madaniyat teks" MCHJ ish faoliyati bilan tanishdi. Ish yurituvchi Mirali Hamroev bilan suhbatlashdi. Tikuvchilik faoliyatini yo'lga qo'ygan tadbirkor o'z uyida hozirda 40 nafar ayol-qizlarni ish bilan band qilgan. Tadbirkor aprel oyida ish faoliyatini yanada kengaytirib, yangi 60 nafar ishsiz ayol qizlarni ish bilan band qilish rejasi borligini aytib o'tdi.