Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot

28/03/2022 - 17:03 1114

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (PF-29-son Farmon, PQ-31 va PQ-62-sonli) farmon va qarorlari asosida viloyatning 780 ta mahallalariga hokim yordamchilari lavozimiga nomzodlar suhbatdan o'tkazilib, bugungi kun islohotlarining tub mohiyatini tushunadigan, mahalla dardi bilan yashab uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish qo'lidan keladigan munosib 780 ta hokim yordamchilari tanlab olindi.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining viloyat boshqarmasi hamda tuman (shahar) markazlariga shijoatli, salohiyatli va tajribali rahbarlar tanlab olinib, viloyat boshqarmasi va markazlar faoliyati yo'lga qo'yildi.

 Shuningdek, hokim yordamchilari uchun respublikadan kelgan vakillar va tajribali mutaxassislar tomonidan 10 kunlik maxsus o'quv kurslari tashkil qilinib, ularning asosiy vazifa va faoliyat yo'nalishlari belgilab berildi.  Joriy yilning 25 mart holatiga hokim yordamchilari tomonidan 518 mingdan ortiq xonadonlar (100 foiz) to'liq xatlovdan o'tkazildi hamda "ONLINE-MAHALLA" elektron platformasiga to'liq kiritildi.

O'rganish o'tkazilgan xonadonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli 4 ta toifaga bo'lib olindi.

1 - toifa bo'yicha – 78 708 ta yoki 15,2 foiz xonadonlar daromadi kam, ishsiz a'zolari bo'lgan, o'z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek daromad topishga, kasb o'rganishga harakat qilayotgan xonadonlar.

2 - toifa bo'yicha – 251 988 ta yoki 48,6 foiz doimiy daromadga ega, qo'shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar.

3 - toifa bo'yicha – 36 097 ta yoki 7 foiz nogironligi bor va kasal a'zolari bo'lgan, boquvchisini yo'qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar.

4 - toifa bo'yicha – 151 890 ta yoki 29,3 foiz iqtisodiy ahvoli yaxshi va o'ziga to'q xonadonlarga bo'lib o'rganildi.

 "Onlayn-mahalla" elektron platformasining bugungi kun ma'lumotiga ko'ra viloyatda mehnatga layoqatli ishlash istagi bo'lgan ishsizlar soni 181 638 ta, shundan, kasb-hunarga o'qish istagi borlar 3 794 tani tashkil etadi. Aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, hududlardagi aholi ongida tadbirkorlik orqali hayot tarzini yaxshilashga intilish hissini uyg'otish hamda bu borada ularni rag'batlantirish va davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida, viloyatdagi 29 ta mavjud o'quv markazlari, kasb-hunar maktablari tomonidan 2 633 nafar, shu jumladan, 189 nafar ayollar Vazirlar Mahkamasining 22.06.2021 yildagi 388-son qarori talablari asosida tadbirkorlik va kasb - hunarga o'qitilmoqda.

Xatlov natijalariga ko'ra mahallalarda tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagi borlar 8 827 tani tashkil etadi. Viloyatda 2022 yilning o'tgan davr mobaynida 1 132 ta (yuridik) yangi tadbirkorlik sub'ektlari tashkil etildi. Joriy yilning 25 mart holatiga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida jami 1 026 ta loyihalarga 19,0 mlrd.so'm kreditlar ajratildi.

 Bugungi kunda "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali jami 5 519 gektar er maydonlari 46 206 ta lotlarga bo'linib, ochiq elektron tanlovga qo'yildi.

 Hozirgi kunga qadar 4 298 gektar (36 081 ta lot) er maydonlariga talabgorlar aniqlanib, g'olib deb topilgan 36 081 nafar fuqarolarga er maydonlari o'lchab berildi.

Joriy yilning shu kuniga qadar, "Golden egg of Namangan" MCHJ ta'minotchiligi asosida 110,7 ming bosh parrandalar (umumiy qiymati 9,8 mlrd.so'm) 152,5 tonna ozuqa va 122 dona qafaslar bilan birgalikda 1249 ta xonadonlarga etkazib berilgan. 

Shahar va tumanlarda 69 754 nafar aholi bandligi ta'minlangan, shundan 6 539 nafari doimiy ishga joylashtirilgan bo'lsa, 1 908 nafar fuqarolar haq to'lanadigan jamoat ishlari, 29 133 nafari o'zini-o'zi band qilish, 571 nafari xizmat ko'rsatish, 36 310 nafari er berish orqali, 1 215 nafari oilaviy tadbirkorlik dasturida,
1 250 nafari kooperasiya tashkil etish hisobiga, 833 nafari hunarmandchilikka jalb etish orqali bandligi ta'minlangan.

 Bundan tashqari, boshqarma boshlig'i va markaz raxbarlari tomonidan mahallabay ishlash tizimi bo'yicha har kuni 2 tadan mahallada borib, hokim yordamchilarining ish faoliyati bilan tanishib kelinmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolarni joyida bartaraf etish ishlari tizimli yo'lga qo'yilgan.

 Shuningdek, boshqarma boshlig'i Sh.Imamov tomonidan tasdiqlangan grafik asosida olis va chegaradosh qishloqlarda sayyor qabullar o'tkazib kelinmoqda. Boshqarma tomonidan hokim yordamchilarini ish samaradorligini oshirish, o'zaro tajriba almashish, yangi innovasion g'oyalarni hayotga tatbiq etish maqsadida tumanlararo tashriflar tashkil etilmoqda.