Turkiyaning mustaqil sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi (MUSAID) bilan uchrushuv

14/10/2022 - 11:00 614

Joriy yilning 12-oktyabr kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktorining o'rinbosari Ilxom Xalpayevning Turkiyaning mustaqil sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi (MUSAID) a'zolari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda, Turkiya va Ozarbayjondan tashrif buyurgan turli yo'nalishdagi sanoat korxonalari rahbarlari va yirik tadbirkorlar jumladan, farmasevtika, tekstil, ishlab chiqarish, oziq-ovqat, qurilish texnikalariga xizmat ko'rsatish soha vakillari hamda Agentlikning tegishli boshqarmalari boshliqlari ishtirok etishdi.

 

Uchrashuv doirasida, I.Xalpayev Agentlikning to'liq vazifa va funksiyalari ya'ni, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari hamda hududlarda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish kabi masalalarda agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdi. 

 

 

Uchrashuv davomida, uyushma a'zolari O'zbekiston hududida tadbirkorlik faoliyatini boshlash, qulay shart-sharoitlar yaratish va albatta, o'zbekistonlik yirik tadbirkorlik sub'yektlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yib, ular bilan B2B uchrashuvlar o'tkazish taklifini bildirishdi. Bundan tashqari direktorning o'rinbosari tomonidan turkiyzabon davlatlar tadbirkorlaridan shuningdek, MUSAID uyushmasi a'zolaridan iborat yagona va integratsiyalashgan onlayn-platformani yaratish va ushbu platforma orqali tadbirkorlar o'zlariga yangi hamkorlar topish, tadbirkorlarning murojaatlari va biznesga investitsiya kiritishning boshlang'ich kalkulyatsiyasi va h.k kabi vazifalarni bajaruvchi tadbirkorlarning yagona reystri hisoblangan platforma yaratish taklifi berildi.

 

 

Uchrashuv so'nggida, tomonlar o'zaro aloqalarni rivojlantirish hamda yuqoridagi takliflar yuzasidan hamkorlikni yo'lga qo'yishga kelishib oldilar.