Rossiya Federatsiyasining "Kichik va o'rta tadbirkorlikni rivojlantirish" federal korporatsiyasining Bosh direktori o'rinbosari N.Bansekin bilan uchrashuv

13/10/2022 - 16:58 477

  Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o'rinbosari M.Shonazarov Rossiya Federatsiyasining "Kichik va o'rta tadbirkorlikni rivojlantirish" federal korporatsiyasining Bosh direktori o'rinbosari N.Bansekin bilan onlayn uchrashuvi bo'lib o'tdi.  Rossiya tomoni korporatsiya faoliyati bilan taqdimot orqali yaqindan tanishtirdi. O'z navbatida Agentlikning ham faoliyati haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Tomonlar ikki tashkilot o'rtasida hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolash taklifini ma'qullab, mazkur hujjatni joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida rejalashtirilgan ikki mamlakat savdo-sanoat komissiyasi uchrashuvi doirasida amalga oshirishni kelishib olishdi.

Shu bilan birga, forum doirasida tashkilotlar o'rtasida davra suhbatini o'tkazish tashabbusi qo'llab-quvvatlandi. Mazkur tadbir davomida idoralararo ishchi guruhi shakllantirilishi va istiqbolli hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan "Yo'l xarita"si muhokamasi amalga oshirilishi alohida belgilandi. 2023-yilda ikki mamlakat ishbilarmonlar raqamlashgan platformasini integratsiya qilish masalasi ko'rib chiqildi va bu borada tomonlar hamkorlikda ishlashga qiziqish bildirgan tadbirkorlarni alohida izlanishlar orqali aniqlab, platforma resurslaridan foydalinish imkoniyatlarini yaratishga kirishadi. 

Kelgusi yilda Moskva shahrida Rossiya-O'zbekiston kichik va o'rta biznes vakillari ko'rgazmasini tashkil etish fikri bildirildi va ushbu format doirasida B2B uchrashuvlarni tashkil etib, mahsulotlar va xizmatlar taqdimotini uyushtirish zarurati ta'kidlandi.