Hokim yordamchilari uchun malaka oshirish seminari o'tkazildi

13/05/2022 - 17:05 595

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi hamda Mahallabay igshlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamkorligida hokim yordamchilari uchun malaka oshirish seminari o'tkazildi.

Seminar mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish yo'nalishida hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirishga bag'ishlandi. Oliy maktabda o'tkazilgan seminar iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining o'rinbosari M. Ubaydullaev boshchiligida, Sergili, Shayxontohur, Bektemir, Mirzo Ulug'bek, Yashnobod va Mirobod tumanlarida faoliyat olib borayotgan 290 nafar hokim yordamchilarining ijtimoiy-iqtisodiy sohalar bo'yicha o'z bilim va malakalarini oshirishlari maqsadida tashkillashtirildi.

O'quv dasturining birinchi kunida ishtirokchilarga qisqa muddatli o'quv-mashg'ulotlarining mazmun-mohiyati va dasturli ish rejasi tanishtirib o'tildi. Hokim yordamchilari uchun malaka oshirish mashg'ulotlari respublika doirasida davom etmoqda.